Nima sababli O'zbekiston tadbirkorlari Dominantani tanlashadi?
Brendlaringizni (tovar belgilarini) himoya qilish sohasidagi Dominanta xizmatlari
Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish. Tovar belgisining oldin ro'yxatdan o'tkazilgan tovar belgilari bilan bir xilligi va o'xshash emasligini bilish uchun dastlabki tekshiruv. Sanoat namunalarini, foydali modellarni va boshqa intellektual mulk obyektlarini ro'yxatdan o'tkazish.
Tovar belgisini uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy foydalanishdan himoya qilish, pul badalini belgilash va undirish.
Tovar belgisini O'zbekiston Respublikasining bojxona reestriga kiritish. Soxta va parallel import bilan bojxona choralari orqali kurashish.
Savdo tarmoqlari, internet - magazinlar va ulgurji bozorlarni onlayn va oflayn monitoring qilish.
Muzokara jarayonlarini yuridik olib borish va qo'llab-quvvatlash.
Tovar belgilariga bo'lgan huquqlarni o'tkazish to'g'risidagi shartnomalarni tuzish va yuridik tahlil qilish. Litsenziya shartnomalari, huquqlarni o'tkazish shartnomalari, franchayzing.
Mualliflik huquqini himoya qilish sohasidagi Dominanta xizmatlari
Mualliflik huquqlarini US Copyright office da butun dunyoda tan olinadigan sertifikatni olib ro'yxatdan o'tkazish.
O'zbekiston Respublikasida dasturiy mahsulotlar, shu jumladan, internet-sayt dizayni va mobil ilovalarga bo’lgan mualliflik huquqlarini ro'yxatdan o'tkazish (deponlashtirish).
O'zbekiston Respublikasida ilmiy va publitsistik maqolalarga bo’lgan mualliflik huquqlarini ro'yxatdan o'tkazish (deponlashtirish).
O'zbekiston Respublikasida badiiy asarlar, fotosuratlar, ssenariylarga bo’lgan mualliflik huquqlarini ro'yxatdan o'tkazish (deponlashtirish).
O'zbekiston Respublikasida reklama aksiyalariga bo’lgan mualliflik huquqlarini ro'yxatdan o'tkazish (deponlashtirish).
Tovar belgilariga bo'lgan huquqlarni o'tkazish to'g'risidagi shartnomalarni tuzish va yuridik tahlil qilish. Litsenziya shartnomalari, huquqlarni o'tkazish shartnomalari, franchayzing.
Qaysi tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazishingiz mumkin?
- So'z
- Logotip
- So'z va logotip (aralash tovar belgisi)
- Domen nomi
- Tashkilotning firma nomi
Birgina 2022 yilning o’zida O'zbekistonda 6 000 ta tovar belgisi ro’yxatdan o’tkazilgan. Yildan-yilga erkin tovar / savdo belgilari kamayib bormoqda.
Shuning uchun tez harakat qilish juda muhimdir. Tovar belgisiga ariza berganingizdan so'ng siz afzallikka ega bo'lasiz — ro'yxatdan o'tish uchun ustuvorlik sizga beriladi. Hech kim xuddi shunday tovar belgisini ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.
Tovar belgisini ro’yxatdan o’tkazish xizmatini tanlang
- Telefon orqali / uchrashuv paytida bepul maslahat berish
- Belgining muvaffaqiyatli o'tish imkoniyatlarini baholash
- Kerakli hujjatlar to'plamini tayyorlash, shu jumladan MKTU-dan klassifikatsiyani to'g'ri tanlash.
- Ro'yxatdan o'tkazishning barcha bosqichlarini to'liq kuzatib borish va O’zR Adliya vazirligi huzuridagi O’zR IMA ekspertiza bo'limi bilan aloqa va rasmiy yozishmalarni amalga oshirish
- Tovar belgisi guvohnomasini olish
- IM huquqlarini himoya qilish bilan bog’liq tavsiyalar berish
Nima uchun tovar belgisini ro’yxatdan o’tkazish lozim?
Siz o’zingizning savdo belgingizdan foydalanish uchun mutlaq huquqqa ega bo'lasiz. Barcha huquqlar yuridik jihatdan sizniki bo’ladi.
Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazganingizdan so'ng siz o'z belgingizni raqobatchilardan himoya qilish vositalari va brendni kapitallashtirish hisobiga qo'shimcha daromad olish imkoniyatini qo'lga kiritasiz.
Sizning roziligingizsiz kimdir sizning tovar belgingizdan foydalansa, siz intellektual mulkingizdan foydalanishni sud tartibida taqiqlashingiz va zarar va badal to'lashni talab qilishingiz mumkin.
Agar raqobatchilaringiz Sizdan avvalroq brendingizni ro’yxatdan o’tkazib olsa, sud orqali sizning biznesingizni va mahsulotlaringizni nomini o’zgartirishni, hamda moddiy zararni talab qilishi mumkin.
Tovar belgingizni ro’yxatdan o’tkazing va uni yo’qotishdan qo’rqmasdan brendingizni rivojlantirishga investitsiyalar kiriting
Biznesingizni qiymatini oshirish
Tovar belgisi bu eng yirik aktivlardan biridir. Ro’yxatdan o’tkazilgan Tovar belgisi korxonangizni balansiga o’tkazilib ustav fondingizni qiymatini oshiradi.
Agarda Sizning savdo belgingiz ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa, Siz bemalol franshiza sotishingiz mumkin.
Franchayzilar esa sizning Tovar belgingizni o’zlarining nomlariga ro’yxatdan o’tkaza olmaydi va hech qanday moddiy zarar yetkaza olmaydi.
Ro’yxatdan o’tkazilgan Tovar belgisi sizga ® (Registered) himoya belgisini ishlatish imkoniyatini beradi.
Himoya belgisi Tovar belgingizni boshqa mahsulotlar orasida ajratib turadi va brendingizga bo’lgan iste’molchilarning ishonchini kuchaytiradi va brendni layoqatini oshiradi.
Biz qanday ishlaymiz
Bizning ekspertlarimiz
Dominanta patent vakillari va yuristlari jamoasi O'zbekiston va xorij bozorida intellektual mulkni himoya qilish sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega.





Mukofotlar va reytinglar
Nima uchun tovar belgisini ro’yxatdan o’tkazish uchun aynan Dominantaga murojaat qilishadi?
Ommaviy savollar
Ekspert fikriga bepul ega bo’ling